14:00 / 29.03.2022
13588
ZIFFLER – aqlli texnika. Sifat kafolati, muqobil narxlar va xizmatlar

Yuqori texnologiyalar davrida barchasini oson hal qilish urfga aylandi. Inson omili orqali bajariladigan ishlarni bugun texnikalar amalga oshirmoqda. Ammo bularning barini aql bilan bajarish yanada qulay. ZIFFLER esa barchasini aql va tezkorlik bilan bajaradi.

ZIFFLER – aqlli texnikalari inson hayotining har bir jabhasiga kirib bora oldi. ZIFFLER’da istalgan turdagi maishiy texnikalarni topish va bu bilan eng to‘g‘ri tanlovni amalga oshirish mumkin.

Televizorlar, kir yuvish mashinalari, gaz plitalari, idish yuvish mashinalari, dudbo‘ronlar, konditsioner, oshxona uchun kerakli maishiy texnikalar – eng kichikdan eng katta maishiy texnikalar o‘z egasini his qilgan holda ishlaydi.

Brend o‘z mijozlari uchun yuqori xavfsizlik tizimi haqida qayg‘uradi. Gaz plitalari va duxovkalarning ikki qavatli oynalari issiqlikni tashqariga chiqarmaydi va bu bilan bolalar xavfsizligini ta’minlaydi. Gaz nazorat tizimi esa gaz sizib chiqishining oldini olib, iste’molchini yuqori xavfsizlik bilan taminlaydi.

Ziffler televizorlari android operatsion tizimi bilan onlayn televideniyedan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Kir yuvish mashinalaridagi Spa Care funksiyasi bilan kiyimlaringizni mikrob va bakteriyalardan himoyalanishiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Inverter motori uzoq yillar xizmat qiladi.

ZIFFLER texnikalari orasida alohida e’tiborga loyiq Styler (bug‘ shkaf)lari esa har qanday kiyimlardagi dag‘allikni nafis tekislab beradi. Buning uchun kiyimingizni shkafga ilish kifoya qiladi xolos. Bir necha daqiqada hech qanday dazmol ishlatmasdan turib xushbo‘y ifor singdirilgan silliq kiyimni kiyib ketaverasiz.

Kompaniya o‘z mahsulotlariga 3 yillik kafolatni taqdim etadi. Eng ma’quli esa — narxlar borasida xaridorning ko‘ngli ko‘tariladi. Kompaniya mahsulotlari kelishtirilgan narxlarda sotilayotgani shoshilishga arziydi.

Ma’lumot uchun ZIFFLER brendining aqlli texnikalari 2015 yildan buyon O‘zbekistonda o‘z o‘rnini topib ulgurdi. Ushbu maishiy texnikalar Turkiya va Xitoy davlatlarida ishlab chiqariladi.

ZIFFLER haqidagi barcha ma’lumotlarga ega bo‘lib, muqobil narxlardagi texnikalar xaridi uchun ulgurib qoling!

Ma’lumot uchun telefon: +998 99 337 1111

Veb sayt: ziffler.com

Telegram: t.me/zifflergroup

Instagram: instagram.com/ziffleruz

Facebook: facebook.com/ziffleruzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top