16:34 / 30.03.2022
33244

Foto: Urganchda davlat rahbarlari qo‘shiq va raqslar bilan kutib olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 30 mart kuni Xorazmga bordi.

Urganch xalqaro aeroportida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi tantanali kutib olindi. Milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Yig‘ilganlar o‘zbek va turk xalqlari do‘stligini olqishladi.

Davlat rahbarlari bugun birgalikda Xivadagi qadimiy obidalarni ziyorat qiladi. Ma’lumki, Xiva shahri Turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilingan.

Top