12:00 / 30.03.2022
10792
O‘zbekiston biznes olami uchun 5 yulduzli loyiha

Toshkentning qoq markazida joylashgan va O‘zbekistonning birinchi A+ Biznes Park loyihasi bo‘lgan Trilliant biznes dunyosiga yangiliklar olib keladi.

Foto: Trilliant

Toshkentning qoq markazida, Amir Temur, Shahrisabz va Navoiy shohko‘chalari chorrahasida joylashgan Trilliant o‘zbek ishbilarmonlik olamiga innovatsiyalar bilan 14 va 17 qavatli 2 ta ofis minorasi, 17 qavatli mehmonxona minorasi, kongress markazi, do‘konlar, restoran va kafelardan iborat. 125 000 kvadrat metr maydonga ega Trilliant, O‘zbekistonning betakror arxitekturasi bilan xalqaro standartlarda birinchi A+ Biznes Park loyihasi bo‘lishga tayyorlanmoqda.

Dunyodagi eng yirik arxitektura kompaniyalaridan biri bo‘lgan singapurlik DP Architect'ning imzosi bo‘lgan Trilliant loyihasi muvaffaqiyat, mehmondo‘stlik va barqarorlik mavzularidan ilhomlangan holda ishlab chiqildi. Toshkent biznes dunyosining kelajakdagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda tayyorlangan ushbu loyiha xalqaro standartlardagi ofisning barcha talablari inobatga olingan holda qurilmoqda.

Trilliant o‘zining texnik xususiyatlari, texnologik va innovatsion infratuzilmasi hamda tejamkor faoliyat yuritish xarajatlari bilan ajralib turadi.

O‘zbekistonning birinchi LEED Gold sertifikatiga nomzod

2022 yilning oxirgi choragida foydalanishga topshiriladigan Trilliant barqarorlik sohasida dunyoda qabul qilingan eng yuqori xalqaro akkreditatsiyalardan LEED Gold sertifikati talablarini inobatga olgan holda qurilmoqda. O‘zbekistondagi birinchi LEED Gold sertifikat nomzod loyihasi bo‘lgan Trilliant kam uglerod izi, kam energiya iste’moli, barqaror landshaft park maydoni, avtomobillarni zaryadlash stansiyalari, qayta ishlash tizimlari, chiqindilarni boshqarish tizimlari, ventilyatsiya tizimlari va eng muhimi, minimal xarajatlari bilan O‘zbekiston ish dunyosida kelajak loyihasi bo‘ladi.

Intercontinental mehmonxonasining O‘zbekistondagi manzili Trilliant

 

Dunyodagi eng yirik mehmonxona brendidan biri bo‘lgan Intercontinental Hotels Toshkentdagi yangi mehmonxonasi uchun Trilliant'ni tanladi. Trilliant bilan hamkorlikda xalqaro standartlardagi O‘zbekistonning birinchi “A” klassdagi biznes-park loyihasi Intercontinental imtiyozi bilan ofis foydalanuvchilari, Toshkent shahri mehmonlari va aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Intercontinental guruhi tomonidan boshqariladigan mehmonxona eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan ijtimoiy maydonlar, majlislar zallari, sport va SPA markazi hamda kongress markazini o‘z ichiga oladi.

Trilliant yuqori darajadagi xavfsizlik tizimlari va noyob infratuzilmaga ega bo‘lgan eng ilg‘or texnologiyadan foydalangan holda qurilgan. Maxsus muhandislik texnikasi bilan bino xavfsizligini eng yuqori darajada ta’minlovchi loyihada 345 ta ofis, ko‘ngilochar, ovqatlanish joylari va boshqa ehtiyojlarni qarshilovchi 34 do‘kon barpo etilgan.

DP Architect tomonidan ishlab chiqilgan va obektlarni boshqarish, xavfsizlik va rivojlantirish bo‘yicha TSP va JLL kabi xalqaro maslahatchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Trilliant 2022 yilning oxirgi choragida toshkentliklar uchun o‘z eshiklarini ochadi.

Trilliant haqida:

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida qurilayotgan, qurilish maydoni 125 ming kvadrat metr bo‘lgan Trilliant xalqaro A+ standartlari bo‘yicha O‘zbekistondagi birinchi Biznes Park loyihasi bo‘lishga tayyorlanmoqda. Dunyoning eng yirik arxitektura kompaniyalaridan biri DP Architess tomonidan ishlab chiqilgan va Dubai Mall, Singapore Spors Hub va Espelande Theatre kabi yirik loyihalarga imzo chekkan Loyiha kompaniyasi JLL, TSP Sekurites xalqaro maslahatchilari bilan O‘zbekiston ishbilarmonlik olamiga yangi istiqbol olib keladi. Trilliant sotuv va ijaraga beriladigan 345 ta ofisdan iborat ikkita 14 va 17 qavatli minoralar, 17 qavatli mehmonxona minorasi, kongress markazi, 34 ta do‘kon, har turdagi tadbirlarga sahna bo‘ladigan kongress markazi va yashil maydon bilan o‘z eshiklarini 2022 yil dekabr oyida ochadi.

Murojaat uchun:

Tel: +998 71 205 59 95

e-mail : info@trillianttashkent.uz

Facebook: fb.com/trilliant.uz 

Instagram: Instagram.com/trilliant.uz

Telegram: t.me/trilliant_uzb

Reklama huquqi asosida

Top