07:31 / 30.03.2022
5865
O‘zbekiston va Turkiya hamkorligini kengaytiruvchi 9 ta hujjat imzolandi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 9 ta hujjat imzolandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzoladi.

Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 9 ta hujjat imzolandi.

Jumladan:

  • imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim;
  • davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma;
  • mehnat va bandlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
  • sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;
  • qurilish sohasida anglashuv memorandumi;
  • Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi;
  • O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadolu” agentligi o‘rtasida hamkorlik bitimi.

Bundan oldin O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish haqidagi kelishuvga erishilgandi.

Mavzuga oid
Top