Viloyat IIB YHXB, shuningdek, Sirdaryo, Oqoltin, Sardoba va Xovos tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari o‘zgargan.

Foto: KUN.UZ
Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, ichki ishlar vazirining tegishli buyruqlari bilan viloyat IIB YHXB, Sirdaryo, Oqoltin, Sardoba va Xovos tumanlari IIBga yangi boshliqlar tayinlangan.
Jumladan:
- Islomov Sharof Abdurahmonovich Sirdaryo viloyati IIB JXX boshlig‘ining o‘rinbosari – Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha Sh.Islomov Sirdaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.
- Sherqulov Jasurbek Mamatqulovich Sayxunobod tumani IIB boshlig‘i etib tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha J.Sherqulov Oqoltin tumani IIB boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelgan.
- Javlonov Xurshid Ergashevich Oqoltin tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha X.Javlonov Sardoba tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
- Podpolkovnik Abdullayev Oybek Turg‘unovich — Xovos tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha O.Abdullayev Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
- Podpolkovnik Soibov Jasur Yashin o‘g‘li — Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha J.Soibov Sayxunobod tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Avvalroq Samarqand va Jizzax viloyatlarining bir qator shahar va tumanlarida IIB boshliqlari o‘zgargandi.