07:41 / 30.03.2022
37918

Tovus patini yulib olgan qizning onasi javobgarlikka tortildi

Joriy yilning 27 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroning «Sitorai Mohi xossa» tarixiy muzey majmuasida tovus qushi patlarini yulib olgan qiz tasviri aks etgan videolavha joylashtirildi.

Mazkur videolavha Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida aniqlanishicha, joriy yilning 26 mart kuni G‘ijduvon tumanida yashovchi N.T. ismli shaxs ikki nafar voyaga yetmagan qarindoshlari - O.X. va S.X. bilan Buxoro shahridagi «Sitorai Mohi xossa» tarixiy muzey majmuasiga sayohatga kelgan va qizlardan biri muzey hovlisida yurgan tovus qushining ikki dona patini yulib olgan.

Ushbu holat yuzasidan voyaga yetmagan O.X.ning onasi G.M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Top