21:55 / 31.03.2022
18097
Dragi: «Putin Zelenskiy bilan uchrashishga hali ertaligini aytdi»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga hali erta ekanini aytgan. Bu haqda Italiya bosh vaziri Mario Dragi ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Italiya bosh vaziri Putin bilan telefon muloqotida tilga olingan masalalarning ba’zilariga OAV vakillari ishtirokidagi matbuot anjumanida to‘xtaldi: «Ukraina mavzusida ba’zi masalalarni prezident Zelenskiy bilan muhokama qilish zarurligini gapirdim, ammo Putin bunga hali erta ekanini aytdi», deb Dragining so‘zlarini keltirgan La Stampa.

Italiya bosh vazirining aytishicha, telefon suhbati davomida Putin o‘t ochish rejimini to‘xtatish uchun muddat «pishib yetilmagani»ni ta’kidlagan. Jurnalistlar Dragidan Putin vaziyat haqida nima o‘ylayotganini ham so‘rashdi. Italiya yetakchisi esa bir soatga ham bormagan suhbat bu borada xulosaga kelish uchun yetarli emasligini aytgan.

Dragiga ko‘ra, Rossiyadan gaz sotib olish dollar yoki yevroda amalga oshirilaveradi: «Mavjud shartnomalar o‘z kuchida qoladi, Yevropa kompaniyalari Rossiyadan gazni dollar yoki yevroda sotib olaveradi. Moskva aytayotgan rublda to‘lov talabi texnik masala. To‘lovni dollardan rublga o‘tkazish Rossiyaning ichki ishi», degan Dragi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top