08:30 / 31.03.2022
2665
FlyKhiva AZAL aviakompaniyasi bilan birgalikda Toshkentdan Bokuga parvozlarni boshlaydi
Foto: FlyKhiva AZAL

2021 yilning boshida Xiva shahrida fuqarolik, yuk va tadbirkorlik aviatsiyasini rivojlantirish, ichki va xalqaro reyslarni amalga oshirish maqsadida "Fly Khiva Group" MChJ kompaniyasi (ID 935828) tashkil etildi. 

Yo‘lovchilarni kerakli manzilga yetkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi "Fly Khiva" kompaniyasi yo‘lovchilar va yuklarni turli yo‘nalishlarga hamda yaqin va uzoq xorijga eltib qo‘yishni tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi. 

2 apreldan boshlab AZAL aviakompaniyasi haftada 1 marotaba – shanba kunlari Boku — Toshkent — Boku yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar biznes va ekonom klasslarga ega bo‘lgan, qulay A-320 samolyotida amalga oshiriladi. Uchish vaqti taxminan 2 soat-u 25 daqiqani tashkil qiladi. 

4 maydan boshlab yana bir chastota yo‘lga qo‘yiladi va Toshkentga parvozlar chorshanba kunlari ham amalga oshiriladi. 

Parvozlarga faqat COVID-19 pandemiyasi sababli yo‘lga qo‘yilgan amaldagi cheklov sharoitlarida uchishga ruxsat berilgan yo‘lovchilar toifalari qabul qilinadi. Qoidalar bilan ushbu havoladan o‘tib, tanishib chiqishingiz mumkin: shaharga kirish qoidalari.

Ozarboyjondagi COVID-19ni aniqlash uchun test topshirishingiz mumkin bo‘lgan klinikalar ro‘yxati bilan havoladan o‘tib tanishib chiqishingiz mumkin: klinikalar ro‘yxati.

Olib ketiladigan yuk miqdori: 

  • Ekonom klass: 1ta 23 kg yuk + qo‘l yuki 10 kg; 
  • Biznes klass: har biri 32 kgdan 2ta yuk + har biri 10 kgdan 2ta qo‘l yuki. 

Parvozlar uchun aviachiptalarni tashuvchi kompaniyaning saytida, shuningdek, kompaniyaning quyida raqamlari ko‘rsatilgan akkreditatsiyalangan agentliklarida xarid qilishingiz mumkin: 

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlari:

Instagram | Facebook | Telegram

Top