13:40 / 31.03.2022
42054
Chernigov o‘qqa tutilishi davom etdi. Urushning 35-kuni yakunlari

Urushning 35-kuni arafasida Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev va Chernigovdagi qo‘shinlar «Donbassni to‘liq ozod etish bo‘yicha operatsiyani yakunlash uchun olib ketilishi» haqida ma’lum qildi. Xarkov o‘qqa tutilishi oqibatida gaz quvuri jabrlangan. BMT Rossiya tomonidan kassetali raketalar qo‘llanishi bilan bog‘liq 24 holatni tekshira boshladi. AQSh razvedkasi Vladimir Putinga atrofidagilar tomonidan Ukrainadagi urush bo‘yicha xato ma’lumotlar berilayotganini ma’lum qildi.

Vayron bo‘lgan Mariupolning sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasviri
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA

Chernigov oblasti gubernatori Vyacheslav Chaus Moskvaning bu yo‘nalishda harbiy harakatlarni qisqartirish va’dasiga qaramay, Rossiya armiyasi tomonidan hujumlar to‘xtamayotganini ma’lum qildi. Region rahbarining so‘zlariga ko‘ra, butun tun davomida o‘t ochish davom etishidan aholi turar joylari, infratuzilma obektlari, kutubxona binosi va savdo markazlari jabrlangan.

Chernigov meri Vladislav Atroshenko Rossiyaning Kiyev va Chernigovda hujumlarni yumshatishi to‘g‘risidagi va’dasi, agar rossiyaliklarning gapi haqiqat sifatida qabul qilinsa, yaxshi yangilik bo‘lishi haqida gapirdi.

«Ko‘pincha ruslar bir gapni aytib, amalda boshqa ishni qilishadi. Ularning so‘zlari qanchalik haqiqat ekanini faqat vaqt ko‘rsatadi. Hozir esa biz bu so‘zlarga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqdamiz», degan Atroshenko.

Seshanba kuni Atroshenko BBC bilan suhbatda aholi istiqomat qiluvchi tumanlar o‘qqa tutilishi oqibatida 35 kishi shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandi.

Kiyevda chorshanba tongida havo trevogasi sirenalari yangragan, ammo shahar meri o‘rinbosari Nikolay Povoroznik tunda o‘t ochishlar kuzatilmaganini ma’lum qilgan.

Kiyev va Vashingtondagilar Rossiyaning Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy harakatlarni qisqartirish to‘g‘risidagi bayonoti Moskva harbiy bo‘linmalarini Ukraina sharqiga ko‘chirayotganidan darak berishini aytishgan.

Harbiy faollik pasaytirilishi to‘g‘risidagi va’dani ukrainlar ishonchsizlik bilan qabul qilishgan. «Ukrainlar - sodda odamlar emas», - dedi prezident Vladimir Zelenskiy tungi videomurojaatida.

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning bayonotiga baho berishga hali erta ekani, keyingi harakatlar qanday bo‘lishini kuzatish kerakligini aytdi.

Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiya ham Rossiya bilan munosabatlarda diqqatni yo‘qotmaslikka chaqirgan.

Diplomatiya, strategiya, harbiy harakatlar. Ukrainadagi umumiy kartina qanday?

Urushning ilk kunlaridan buyon qamalda bo‘lgan Mariupolda gumanitar inqiroz yuzaga kelgan

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon besh hafta o‘tdi. Istanbuldagi muzokaralardan keyin Rossiya Kiyev va Chernigov atrofida harbiy harakatlarni keskin kamaytirishi haqida bayonot bergandi.

Buyuk Britaniya harbiy razvedkasi Rossiya endi diqqatini sharqdagi regionlarga qaratishi, shu bilan birga og‘ir yo‘qotishlarga uchragan bo‘linmalar zaxiralar hisobiga to‘ldirilishi va qayta tashkil etilishi uchun Rossiya va Belarus hududlariga qaytarilayotgani haqida xabar bergan.

Amerika urushlarni tadqiq etish instituti rossiyalik harbiylar Kiyevni egallashdan voz kechgan bo‘lishsa-da, shahar atrofidagi egallab bo‘lingan pozitsiyalarini saqlab qolish uchun harbiy harakatlarni davom ettirishini xabar qilgan.

Rossiya qo‘shinlari Donbassni to‘liq egallab, janubda bu hududni Qrim bilan bog‘lovchi quruqlik koridoriga ega bo‘lishni ko‘zlamoqda.

Mazkur yo‘nalishda joylashgan Mariupol strategik muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Institut ekspertlari hisoblashicha, bir oydan buyon qamalda qolayotgan shahar tez orada taslim bo‘ladi.

Kunning boshqa voqealari:

  • Ukraina prezidenti ofisi rahbari Aleksey Arestovichning hisoblashicha, harbiy harakatlarning faol bosqichi «yana bir hafta va undan ko‘proq» vaqt davom etishi mumkin. Arestovich Rossiya kuchlarini Ukrainaning Donetsk va Lugansk oblastlariga u yerda ustunlikka ega bo‘lish va ukrain kuchlarini o‘rab olish uchun tashlamoqchi.
  • Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov - muzokaralar haqida: «Pozitiv jihati shundaki, Ukraina tomoni hech bo‘lmaganda o‘zi taklif qilayotgan narsani shakllantirib, qog‘ozga tushirgan. Shu vaqtga qadar bu amalga oshmay kelayotgandi. Bu ijobiy faktor. Qolganiga kelsak, biz hozircha hech qanday istiqbolli yutuqlar haqida gapira olmaymiz. Hali oldinda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p».
  • Kiyev oblasti, Bucha rayonida vaziyat keskinligicha qolmoqda, Irpenda janglar davom etmoqda, rossiyalik harbiylar nazoratidagi Vishgorod rayonida - gumanitar falokat yuzaga kelmoqda.
  • Donetsk oblasti rahbari Pavel Kirilenko oblastning Ukraina nazoratidagi va rossiyaparast ayirmachilar qo‘lida qolgan hududni ajratib turuvchi tutashuv chizig‘idagi barcha aholi punktlari Rossiya tomonidan o‘qqa tutilayotgani haqida xabar berdi.
  • BMT ma’lumotiga ko‘ra, urush boshidan buyon Ukrainani to‘rt milliondan ortiq kishi tark etdi.

Quyida urushning 35-kunida olingan suratlar:

Ukrain harbiylari Kiyev atrofidagi front chizig‘ida rossiyaliklar texnikasi oldida
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Hujumlar vaqtida nobud bo‘lgan tuyaqush, Kiyev yaqinidagi xususiy hayvonot bog‘i
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Trostyanetsdagi temiryo‘l stansiyasi, bu yerda rossiyalik harbiylar yashiringandi. Shu kunlarda shahar ukrain armiyasi tomonidan ozod etilgan
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Trostyansda avtomobil yo‘lovchilari yakson etilgan rus tanki oldidan o‘tmoqda
Chris McGrath / Getty Images
Yon tomoniga Rossiya bosqini ramzi — Z harfi bitilgan avtomobillar, Trostyanets
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Rossiya bosqini ramzi — Z harfi — ruslarning harbiy texnikasi eshigida, Trostyanets
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zirhli transportini shatakka olgan traktor, Trostyanets
Thomas Petek / Reuters / Scanpix / LETAnpix / LETA
Ukrain harbiylari tomonidan ozod etilgan Trostyanets shahri aholisi vakili yakson etilgan rus tanki oldidan o‘tmoqda
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ko‘ngilli ayol askarlar uchun kamuflyaj to‘ri to‘qimoqda, Lvov
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Lugansk oblastidagi Popasna shaharchasi o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan ukrain askarining dafn marosimi
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Odamlar havo hujumi trevogasi vaqtida restoranga tushib olishgan, Lvov
Mykola Tys / EPA / Scanpix / LETA​​​​​​
Ukrain harbiylari Kiyev yaqinidagi front chizig‘ida rus askarlari jasadlari oldida turibdi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top