07:38 / 31.03.2022
6429

O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘iston va Rossiyaga 12 ming tonna pomidor yetkazib berdi

O‘zbekiston 2 oyda 12,5 ming tonna pomidor eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: TASS

Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-fevral oylarida 8 davlatga qiymati 8,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 12,5 ming tonna pomidor eksport qilgan. 

Qayd etilishicha, pomidor eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,1 ming tonnaga kamaygan. 

2022 yilning 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p pomidor eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston – 7,8 ming tonna;
  • Rossiya – 4,3 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 365 tonna;
  • Tojikiston – 15,4 tonna;
  • Ukraina – 1,2 tonna.

2022 yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy davlatlarga eng ko‘p pomidor eksport qilgan hududlar: 

  • Xorazm viloyati – 3,6 ming tonna; 
  • Farg‘ona viloyati – 2,1 ming tonna;   
  • Buxoro viloyati – 1,8 ming tonna;
  • Surxondaryo viloyati – 1,6 ming tonna;
  • Qashqadaryo viloyati – 870 tonna;
  • Namangan viloyati – 682,5 tonna;
  • Toshkent viloyati – 521,4 tonna;
  • Toshkent shahri – 303 tonna; 
  • Sirdaryo viloyati – 300 tonna;
  • Samarqand viloyati – 224 tonna;
  • Andijon viloyati – 187,5 tonna;
  • Jizzax viloyati – 116 tonna;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 76 tonna;
  • Navoiy viloyati – 69,6 tonna.

Bundan oldin O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘istondan 113 mln dollarlik bug‘doy sotib olgandi.

Top