15:41 / 31.03.2022
8978
Qirg‘izistonda “Bayraktar” dronlaridan foydalanilgan holda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda 

Mashg‘ulotlarni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov shaxsan kuzatib bormoqda. 

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘izistonning Issiqko‘l oblastida “Qalqon-2022” maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlarni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov shaxsan kuzatib bormoqda.

“Mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad – Qirg‘iziston kuch ishlatish tuzilmalarining davlat chegarasini buzib o‘tgan shartli dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha harakatlarini ko‘zdan kechirish”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston qurolli kuchlari tarixida ilk marta harbiy mashg‘ulotlarda “Bayraktar TB-2” zarba beruvchi dronlaridan foydalaniladi.

“Bayraktar TB-2” dronlari 2021 yilda sotib olingan va Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati tasarrufiga berilgan.

Top