19:06 / 31.03.2022
12591

Rossiya YeIga gaz uchun rublda hisob-kitob qilish bo‘yicha o‘z taklifini berdi 

Qayd etilishicha, xorijiy xaridor Rossiya bankida rublda hisobraqam ochishi talab qilinadi. 

Foto: Sergey Bobylev/TASS

Rossiya “nodo‘st mamlakatlar”ga gaz uchun to‘lov qilishning yangi sxemasini taklif qildi, deb xabar berdi RBK o‘z manbalariga tayanib. 

“Taklif qilingan sxemaga ko‘ra, xorijiy xaridor Rossiya bankida rublda hisobraqam ochishi talab qilinadi”, — degan manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “xaridor “Gazprom”ga to‘lovni faqat rublda amalga oshirishi shart” bo‘ladi. 

23 mart kuni Vladimir Putin Rossiya gazi “nodo‘st davlatlar”ga eksport qilinganida to‘lov rublda qabul qilinishi haqida e’lon qildi. Rossiya bunday ro‘yxatga 48 mamlakatni kiritgan - ular asosan Ukrainadagi urushdan keyin Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgan G‘arb davlatlaridir.

Yevropa mamlakatlari Moskvaning Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lash talabini rad etdi.

Top