15:38 / 01.04.2022
46970
Cherkovga yashiringan odamlar va ukrain askari tushlik stoli. Urush suratlari

Urushning 36-kuni o‘tdi. Rossiya mudofaa vazirligining Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faollik «keskin qisqargani» haqidagi bayonotlariga qaramay, ushbu hududlarda otishmalar davom etmoqda. Ukraina armiyasi Xarkov yaqinidagi bir qancha aholi punktlari ustidan nazoratni tikladi. Mariupolda LDXR kuchlari ishtirokida janglar davom etmoqda.

Xarkov sharqida olov osmonni yoritmoqda, bu yerda ukrain harbiylari yo‘llarni tashlab ketilgan yoki vayron etilgan texnikalardan tozalamoqda
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Rossiya armiyasi kirgan qishloqdan qochib chiqqan odamlar cherkovdan boshpana topgan. Bashtanka, Nikolayev oblasti
Petros Giannakouris / AP / Scanpix / LETA
Ukrainadagi eng yirik metallurgiya zavodlaridan biri bo‘lgan «Zaporojstali» ishchilari havo zarbalari vaqtida bunkerga tushib yashiringan
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain askarlari Kiyev atrofidagi janglarda yakson etilgan tanklar oldidan o‘tmoqda
Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA
Avtomat va zakuska. Kiyev atrofida turgan ukrain harbiylarining tushlik stoli
Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA
Ukrain askarlari Xarkov yaqinidagi ozod etilgan Malaya Rogan qishlog‘ida urib tushirilgan rus vertolyoti fonida suratga tushmoqda
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
LDXR harbiylari Mariupol qamali chog‘ida tankka qarshi granatomyot ko‘tarib ketishmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
LDXR harbiy xizmatchisi Mariupoldagi janglar vaqtida granatomyotdan o‘t ochmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain askarlari vayron qilingan Irpen ko‘prigida halok bo‘lgan tinch aholi vakillari jasadlarini yig‘moqda, Kiyev oblasti
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Xarkovda asir olingan Rossiya harbiysi kishanlangan holatda
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Xarkov yaqinida Ukraina armiyasi qaytarib olgan Malaya Rogan qishlog‘ida sochilib yotgan Rossiya harbiylari amunitsiyasi (askarning kiyim va quroldan boshqa anjomlari) va yegulik solingan qutisi.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning zarbalari oqibatida Xarkov shimolidan o‘tgan gaz quvuri shikastlangan
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya pozitsiyalaridan Xarkov shimoliga berilgan zarbalardan keyin ko‘kka o‘rlagan qora tutun
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top