07:18 / 01.04.2022
2755
Farg‘ona vodiysida Qirg‘izistondagi yer silkinishi kuchi sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 1 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 04:13 da Qirg‘izistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Yer silkinishi koordinatalari: 41,35 gradus shimoliy kenglik; 72,99 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 15 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 315 km shimoli-sharqda.

O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi:

  • Andijon viloyatida - 3 ball, 83 km;
  • Namangan viloyatida - 2-3 ball, 117 km;
  • Farg‘ona viloyatida - 2 ball, 148 km.
Mavzuga oid
Top