09:10 / 01.04.2022
4224

Mart oyida inflatsiya 1,5 foizgacha tezlashdi

Mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi. 

Qayd etilishicha, yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 10,5 foizga yetdi. 

2022 yilning mart oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 2,5 foizga oshdi.

Ma’lum qilinishicha, shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 1,1 foiz va aholiga pulli xizmatlar 0,4 foizga oshdi.

Bundan oldin fevral oyida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgandi.

Fevral oyida yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 9,7 foizga yetgan

Top