Shvetsiyada oliy sud sudyasi supermarketda o‘g‘irlik qilgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Per Nikols ma’lum qildi.

Foto: Picture Alliance
Uning so‘zlariga ko‘ra, 67 yoshli sudya ayol rojdestvo bayrami arafasida Stokholmdagi supermarket xodimlari tomonidan ushlangan.
Dagens Juridik nashrining yozishicha, u vetchina, frikadelka, sosiska va pishloqlarni xaltaga solib olib chiqib ketayotgan bo‘lgan. Sudyaning o‘zi o‘g‘irlik qilishga uringanini rad etgan.
Sudya 50 ming shved kronasi (4800 yevro) miqdorida jarimaga tortilgan. U fevral oyida iste’foga chiqqan. Xabar qilinishicha, ayol 20 yilga yaqin vaqt sudyalik qilgan.