14:01 / 02.04.2022
6335
Birjaning avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 86,7 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
Foto: UZEX

2022 yil yanvar-mart oylarida avtoraqam.uzex.uz elektron savdo tizimi orqali 86,7 mlrd so‘mlik 40,0 mingdan ziyod avtoraqamlar sotildi. Bunda avtoraqamlarning sotuvi o‘tgan yilga nisbatan son jihatdan 27 foizga, hajmi bo‘yicha – 40 foizga o‘sdi.

Sotilgan avtoraqamlarning o‘rtacha boshlang‘ich va sotuv narxlari o‘rtasidagi tafovut 47 foizni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarning onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi– O‘zbekiston Davlat budjetiga, 20 foizi – Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armaga yo‘naltiriladi.

UZEX matbuot xizmati Ⓣ

Top