20:35 / 02.04.2022
29072

Ukraina harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng bir oyda qancha mablag‘ sarflagani ma’lum qilindi

Ukraina Moliya vazirligi bir oy davomida harbiy harakatlarga sarflangan xarajatlar miqdorini, taxminan, 10 mlrd dollarga baholadi.

Foto: Reuters

Vladimir Zelenskiy rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Ukraina iqtisodiyotining holati hamda uning yaqin istiqboldagi rivoji muhokama qilindi. Ukraina prezidenti ofisi matbuot xizmati xabar berishicha, moliya vazirligi Ukraina harbiy harakatlar boshlanganidan buyon bir oyda 10 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflaganini ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, yig‘ilishda Ukraina iqtisodiyotining holati hamda uning yaqin istiqboldagi rivoji muhokama qilindi.

«Yig‘ilishda moliyaviy sarf-xarajatlarning manbalari, xususan, soliq tushumlari va Ukrainaga xalqaro hamkorlar tomonidan berilayotgan yordam muhokama qilindi. Aprel oyidan soliqning soddalashtirilgan tizimiga o‘tish istiqbollari tahlil etildi», – deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, xarajatlarni moliyalashtirish manbalari ko‘rib chiqilgan.

«Shuningdek, yig‘ilishda ekin ekish kampaniyasini o‘tkazish, xususan, agrar sohani yonilg‘i bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi. Ukraina energetika infratuzilmasining Rossiya qo‘shinlari tomonidan bombardimon qilinishini himoyalash yo‘llari ko‘rib chiqildi», deyiladi xabarda. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top