08:10 / 04.04.2022
8437

O‘zbekistonga eng ko‘p yengil avtomobil Xitoydan olib kelingan

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 3 436 ta avtomobil.

Bu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Koreya – 1 512 ta
  • Qozog‘iston – 502 ta
  • Rossiya – 431 ta
  • AQSh – 19 ta
  • Yaponiya – 15 ta
  • Germaniya – 9 ta
  • Hongkong – 5 ta
  • Turkiya – 4 ta

Qo‘mitaga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 18 ta xorijiy davlatlardan qiymati 124,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5 948 ta yengil avtomobil import qilgan. 

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 873 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.

Top