15:09 / 04.04.2022
12504

Qirg‘iziston prezidenti fuqarolarni behuda pul sarflamaslikka chaqirdi

Japarov hozirda mamlakat uchun eng asosiysi «oziq-ovqat xavfsizligi» ekanligini ta’kidladi.  

Foto: president.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar fonida mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashishi mumkinligini aytdi. U fuqarolarni yirik xaridlarni ortga surishga va «pulni bekorga sarf qilmaslik»ka chaqirdi.  

Japarov mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat og‘irligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «dunyodagi so‘nggi voqealar» sababli mamlakat vaziyat yomonlashishiga tayyor turishi kerak. 

«Barchangizdan xarajatlaringizni qaytadan ko‘rib chiqish, qimmatbaho buyumlar sotib olishni to‘xtatib turish, to‘ylar o‘tkazmaslik va behuda pul sarflamaslikni so‘rayman»,— dedi u ijtimoiy soha xodimlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda. 

Sadir Japarov hozirda mamlakat uchun eng asosiysi «oziq-ovqat xavfsizligi» ekanligini ta’kidladi.  

U shuningdek, fermerlarni «dalalarda ishlash va ariqlarni tozalash uchun» bahorning har bir kunidan foydalanishga chaqirdi. 

 

Top