18:26 / 04.04.2022
26469

«Qumtor» oltin koni to‘laligicha Qirg‘iziston tasarrufiga o‘tdi 

Ma’lumot berilishicha, «Qumtor» koni uch milliard dollarga baholanmoqda.  

Foto: Kumtor.kg

«Qumtor» oltin koni to‘laligicha Qirg‘iziston tasarrufiga o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Tsenterra» kompaniyasi bilan nizoni muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.

«Shunday qilib, biz yirik milliy boyligimiz - «Qumtor» koni to‘laligicha Qirg‘izistonga o‘tishini ta’minladik. Bu «Qumtor» to‘liq Qirg‘izistonga tegishliligini anglatadi. Bugungi kun burilish oni sifatida mamlakatimiz tarixiga kiradi», dedi Japarov.

Japarovning aytishicha, «Kumtor Gold Kompani» kompaniyasining 100 foiz aksiyasi Qirg‘izistonga o‘tgan.

Ma’lumot berilishicha, «Qumtor» koni uch milliard dollarga baholanmoqda. 

Qirg‘iziston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat yaqin 10 yil ichida «Qumtor»dan 160-200 tonna oltin qazib olib, 5 milliard dollar foyda ko‘radi.  

Top