19:00 / 04.04.2022
6108

Surxondaryoda va Sirdaryoda fuqarolarni tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qo‘yishni aytib pul olgan shifokor hamda xo‘jalik bekasi ushlandi

Fuqaroni ishga kiritib qo‘yishini aytgan shifokor 700, xo‘jalik bekasi 1 000 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, Surxondaryoda va Sirdaryoda fuqarolarni dispetcherlik va hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shifokor va xo‘jalik bekasi ushlangan.

Jumladan, departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Guliston shahar shoshilinch tez tibbiy yordam stansiyasi navbatchi shifokori R.G‘. fuqaro D.ni tanishlari yordamida ushbu bo‘limga dispetcherlik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 700 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Prokuratura departamenti

Shuningdek, departament hamda DXX Surxondaryo viloyati boshqarmalari hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sho‘rchi TTBga qarashli tez tibbiy yordam bo‘limi xo‘jalik bekasi M.I. fuqaro M.ni birlashmada ishlovchi tanishlari yordamida hamshira vazifasida ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, har ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top