17:39 / 04.04.2022
8856
Toshkent tumanida Lacetti avtomobili kanalga tushib ketdi
Foto: FVV matbuot xizmati

Haydovchining ehtiyotsizligi sabab Lacetti rusumli avtomobil "Zaxariq" kanaliga tushib ketdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 4 aprel kuni soat 11:22 da Toshkent viloyati, Toshkent tumani FV bo‘limiga Ko‘kterak mahallasidan oqib o‘tuvchi "Zaxariq" kanaliga haydovchining ehtiyotsizligi sabab Lacetti rusumli avtomobil tushib ketganligi haqida xabar kelib tushgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Hodisa joyiga qutqaruvchilar yetib borishgan. Maxsus texnikalar va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan olib chiqilgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ushbu hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Foto: FVV matbuot xizmati

Avvalroq, Kamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketganligi xabar qilingan edi.

Top