21:14 / 05.04.2022
7250
Kuvayt bosh vaziri iste’fo berdi

6 aprel kuni Kuvayt parlamentida Hamid hukumati bilan hamkorlikni rad etish taklifi bo‘yicha ovoz berish o‘tkaziladi.  

Foto: Anadolu Agency

Kuvayt bosh vaziri shayx Saboh al Xolid al Hamid iste’foga chiqdi. Bu haqda “Onado‘lu” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Hamid valiahd shahzoda shayx Mashal al Ahmad al Jobir as Saboh bilan uchrashuvda iste’foga chiqishni so‘ragan.

Ushbu qarorning rasmiy sabablari keltirilmagan.

6 aprel kuni Kuvayt parlamentida Hamid hukumati bilan hamkorlikni rad etish taklifi bo‘yicha ovoz berish o‘tkaziladi. 

Avvalroq Kuvayt parlamenti bosh vazirni «nokonstitutsiyaviy amaliyot va qonunchilik organlari bilan hamkorlikdan bosh tortish»da ayblagandi. 

Mavzuga oid
Top