14:50 / 05.04.2022
3040
Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, prezidentlar Ramazon oyi boshlangani bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, birodar O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar dastur doirasida faol almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan, 2022 yil sentabrida O‘zbekistonda ShHT sammitini o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Top