18:32 / 05.04.2022
9775
Turkiyaning Rossiya va Ukrainaga eksporti hajmi keskin kamaydi

Mart oyida Turkiyaning Rossiyaga eksporti hajmi 40 foizga, Ukrainaga esa 80 foizga kamaygan. 

Foto: Anadolu Agency

Rossiya-Ukraina urushi oqibatida Turkiyaning bu mamlakatlarga eksporti hajmi jiddiy ravishda kamaydi. Bu haqda Turkiya eksportchilar ittifoqi rahbari Ismoil Gulle ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi nizoning Turkiya eksportiga ta’siri bahorning ilk oyida bilindi.  

Mart oyida Turkiyaning Rossiyaga eksporti hajmi 40 foizga, Ukrainaga esa 80 foizga kamaygan.

Uning ma’lumot berishicha, fevralda Rossiyaga eksport hajmi 435 mln 866 ming dollarni tashkil etgan, martda esa 252 mln 380 ming dollarga tushgan.

Ukrainaga eksport hajmi 41 mln 706 ming dollarga teng bo‘lgan, bir oy ilgari bu ko‘rsatkich 219 mln 833 ming dollarni tashkil etgan.

Top