14:17 / 06.04.2022
8762

Bir ojiza qismati: “O‘g‘lim birovning qo‘lida yetim qolmasin”  

Fotima Qirg‘izovaga surunkali buyraklar xastaligi tashxisi qo‘yilgan. Bu kasallik sabab turmushidan ajrashib, bir farzandi bilan ota uyida yashamoqda. Ikkala buyragi ham qurigani sabab kun sayin ahvoli og‘irlashyapti. Uning hayotini faqatgina buyrak ko‘chirish operatsiyasi saqlab qola oladi. 

Fotima Andijonda tug‘ilib-o‘sgan. Shirin orzular bilan turmushga chiqib, baxtli bo‘lishni istadi. Ammo homiladorlik chog‘ida qon bosimi ko‘tarilishi kelgusida yuz beradigan xatarlardan darak bo‘ldi. Ota uyiga og‘ir xastalik va bir farzandi bilan qaytgan ayolning ikkita buyragi ham qurigan. Uning hayotini buyrak ko‘chirish orqaligina saqlab qolish mumkin.

“Qon bosimi 250ga chiqib ketardi. Biz faqat qon bosimi oshyapti deb yuraveribmiz. Keyin tekshiruvlarda bilsak, ikkala buyragi ham kasallangan ekan.

Shu dardi sababli turmushidan ham ajrashdi. Farzandli bo‘lganida uyimga kelganicha qaytarib olib ketish uchun hech bir harakat qilishmadi. Biz ham hayron bo‘lib qolaverdik. Hozir bitta o‘g‘li bilan mening qaramog‘imda”, — deydi bemorning onasi Malika Qurbonova.

Fotimaga o‘zining egizagi – Husan donorlik qilmoqchi. Egizak opasi bilan uning farzandi, onasining ta’minoti hozir Husanning zimmasida. Ancha yil avval otalari ham vafot etgan. Xorijda o‘tkaziladigan buyrak ko‘chirish operatsiyasi uchun ketadigan xarajatlar baquvvat hamyonni ham o‘ylantiradigan darajada bo‘lgani sabab oila ilojsiz vaziyatda qolgan.

Bemorga azob berayotgan og‘riqlar uni bir joyda o‘tirish, suhbatlashishiga ham yo‘l bermaydi, buyraklardagi tinimsiz og‘riqdan yurishga, o‘tirishga qiynaladi.

“Ikki marta insultni boshdan o‘tkazdim, oyoq-qo‘lim ishlamay qoldi. Qaniydi men ham oilali bo‘lib, farzandimni o‘zim katta qilganimda...

O‘g‘lim birovning qo‘lida qolishidan qo‘rqaman. Tuzalishni xohlayman, u hali juda yosh, yetim bo‘lib qolmasin”, — og‘riqlardan majolsiz bemorning yig‘i aralash gaplari yurakni tilkalaydi.

Savoblar karrasiga ko‘payadigan, zarrachalik yaxshi amal ajri behisob bo‘ladigan muborak kunlarda bir mushtipar onaning farzandi, bir begunoh farzandning onasi o‘z hamyurtlari ko‘magiga muhtoj. Ularni yakdil bo‘lib qo‘llab-quvvatlash niyatida bo‘lganlar uchun bemorga oid ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Fotima Qirg‘izovaga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0609 0077 4663 Fotima Qirg‘izova nomida

Humo: 9860 0301 7030 9204 ukasi Izzatillo Mo‘minjonov nomida

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top