16:50 / 06.04.2022
23261
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi

Dollar kursi ikki kunda 38 so‘mga arzonlashdi.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,51 so‘mga pastlab, 11 370,56 so‘mni tashkil qildi. Yevro 90,98 so‘mga pastlab, 12 408,69 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,30 so‘mga pastlab, 135,77 so‘m bo‘ldi.

5 aprel kuni dollarning rasmiy kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 11 385,07 so‘mni tashkil qilgandi.

Mavzuga oid
Top