16:41 / 06.04.2022
12942
«O‘zgidromet» kuchli shamollardan ogohlantirdi

Issiq va quruq havo oqimlari ortidan kuchli mavsumiy shamollar bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 8–11 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, 8 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

9 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi.

10 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi.

11 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Mavzuga oid
Top