17:00 / 06.04.2022
9007

Samsung kompaniyasidan sovg‘a sifatida iTV obunasini qanday qo‘lga kiritish mumkin?

1 apreldan 31 dekabrga qadar Smart TV televizorini xarid qilganda, Samsung kompaniyasi iTV servisida Premium obunani sovg‘a qiladi.

Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi yangi televizor xarid qilmoqchi bo‘lganlar uchun foydali aksiya haqida e’lon qildi. 1 apreldan 31 dekabrga qadar Samsung Smart TV televizorini xarid qilganlar, o‘zlari uchun unutilmas ko‘ngilochar dasturlar olamini kashf qilishlari mumkin – Samsung xarid qilingan televizor modeliga qarab, 3 oydan 6 oygacha iTV servisida Premium obunadan bepul foydalanish imkonini taqdim etadi. Xaridorlar o‘zlarining sevimli filmlari, seriallari, qiziqarli teledasturlarini reklamasiz tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Va bularning barini a’lo darajadagi sifatni ta’minlovchi yangi Samsung Smart TV televizorida tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Aksiya Samsung kompaniyasining barcha Smart televizorlari uchun amal qiladi.

Smart TV

Samsung Smart TV televizorlarining imkoniyatlari zamonaviy dizayn, ishonchlilik, tasvir va tovushni yuqori sifatda efirga uzatish kabi ramkalardan anchagina tashqariga chiqadi. O‘rnatilgan protsessor va dasturiy ta’minot: saytlar, ilovalar, o‘yinlar kabi istalgan dasturdan foydalanish imkonini beradi.

Qulaylik — Samsung kompaniyasining asosiy ustuvor yo‘nalishi sanaladi. Smart televizorlarining afzalliklari quyidagilardadir:

●      o‘rnatilgan brauzer televizordan kompyuter singari foydalanish imkonini beradi;

●      filmni yuklab olishga vaqt sarflashning hojati yo‘q – onlayn rejimda tomosha qilish vaqtingizni tejaydi;

●      mobil qurilmani televizorga ulab, rasmlarni katta ekranda tomosha qilish va sevimli kuy-qo‘shiqlaringizni tinglash mumkin;

●      televizion efirni namoyish etish ranglarni aniq uzatish, tiniq tasvirlar va yaxshi tovush bilan yuqori sifatda amalga oshiriladi.

Samsung Smart TV va iTV’dan yorqin taassurotlar

Samsung kompaniyasining noyob ishlanmalari hayotni yanada qulayroq qilish uchun yo‘naltirilgan. Dam olish kunlari yoki oqshomlarni oilangiz yoki do‘stlaringiz davrasida Samsung televizorini tomosha qilib o‘tkazish endi Samsung kompaniyasi sovg‘a qilayotgan iTV servisidagi Premium to‘plamiga bepul obuna bilan yanada maroqli bo‘ladi.

iTV – bu yangi Smart TV televizori ekranidagi yorqin voqealarga to‘liq sho‘ng‘ish imkonini beruvchi qiziqarli va unutilmas ko‘ngilochar dasturlar olami.

●      Filmlar va dasturlarni yuqori sifatda efirga uzatish o‘zingizni ko‘rsatuv qahramonidek his qilish va keng ko‘lamdagi his-tuyg‘ularni boshdan kechirish imkonini beradi;

●      iTV xizmatlariga obuna bo‘lgan har bir foydalanuvchi turli janrdagi 30 000 dan ortiq film va seriallarni, yuzdan ortiq telekanallarni reklamasiz, yuqori sifatda tomosha qilish zavqidan bahramand bo‘lishi mumkin;

●      Tasvirlarni yuqori tiniqlik va Full HD sifatida tomosha qilish imkoni har doim va istalgan qurilma: televizor, kompyuter, planshet, smartfonda mavjud bo‘ladi.

Premium toifasiga obuna bo‘lish – bu qo‘shimcha funksiyalar va butun oila uchun istalgan mavzudagi ko‘rsatuvlarni cheklanmagan miqdorda tomosha qilish imkonini beradi:

●      30 000 dan ortiq xorijiy filmlar va seriallar, shuningdek boshqa ko‘pgina qiziq ko‘rsatuvlar;

●      100 dan ortiq telekanallar (ta’limiy, ko‘ngilochar, bolalarga mo‘ljallangan, sport);

●      2000 dan ortiq multfilmlar;

●      2500 soatdan ortiq milliy filmlar va seriallar.

Samsung Smart TV televizorini xarid qilgan har bir mijoz iTV xizmatiga obuna bo‘lish uchun vaucher ko‘rinishidagi sovg‘ani qo‘lga kiritadi. Bu xaridorlarimizga yorqin his-tuyg‘ular va unutilmas taassurotlarni boshdan kechirish imkoniyatini beradi.

Aksiya 1 apreldan 31 dekabrga qadar butun O‘zbekiston bo‘ylab rasmiy hamkorlarning do‘konlari va texnika bozorlarida amal qiladi.

Aksiyada ishtirok etayotgan televizorlarning modellari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Premium toifasidagi paketga bepul obuna muddati tanlangan Smart TV televizorining modeliga bog‘liq.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: samsung.uz 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top