21:31 / 07.04.2022
11246
BMT Bosh assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi ishtirokini to‘xtatdi 

Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani 93 davlat ma’qulladi, 24 davlat rezolyutsiya qabul qilinishiga qarshi chiqdi va 58 davlat betaraf qoldi.  

Foto: AFP/Getty Images

BMT Bosh assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

93 davlat ushbu rezolyutsiyani ma’qullab ovoz berdi, 24 davlat rezolyutsiya qabul qilinishiga qarshi chiqdi va 58 davlat betaraf qoldi.

Hujjat loyihasi G‘arb mamlakatlari tomonidan tayyorlangandi.

Ma’lumot berilishicha, Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi o‘rnini saqlab qoladi, biroq ovoz berish huquqi va chiqish qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.  

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining vazifasi inson huquqlarini himoya qilishdan iborat. Kengash 2006 yilda Inson huquqlari bo‘yicha komissiya o‘rniga tashkil etilgan.  

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top