14:36 / 07.04.2022
24420
Chernigovdagi xarobalar va askarlar uchun pul yig‘ayotgan odessalik bolalar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 43-kuni boshlandi. Pentagon rossiyalik harbiylar Kiyev va Chernigov oblastlarini to‘liq tark etganini ma’lum qildi. Bu hududlarda yo‘qotishlarni hisob-kitob qilishmoqda: Chernigovning 70 foizi vayron bo‘lgan, Kiyev atrofidagi hududlarda — yuzlab tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgan. Ukraina hukumati Donetsk va Lugansk oblastlari aholisini evakuatsiya qilishga chaqirmoqda. Rossiya harbiylari Severodonetsk va Lisichanskni bombardimon qilgan. 

Chernigovda vayron bo‘lgan uy. Shahar bir necha hafta davomida tinimsiz o‘qqa tutilgan
EPA / Scanpix / LETA

Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar:

  • Ukraina hukumati Donetsk va Lugansk oblastlari, shuningdek Xarkov oblastining Donbassga yaqin joylashgan shaharlari aholisidan xavfsiz joyga ketishni so‘ramoqda. Bu hududlarda qattiq janglar boshlanishi kutilmoqda.
  • AQSh prezidenti Jo Bayden Buchadagi qirg‘inni og‘ir harbiy jinoyat deb atadi.
  • Dumaga Rossiyada OAV faoliyatini cheklovchi qonun loyihalari muhokamaga kiritildi: bosh prokuratura «feyklar» uchun nashrning registratsiyasini qaytarib olishi, OAV Ukrainadagi voqealar haqida boshqa nashrlardan olingan, lekin rasmiy bayonotlarga mos kelmaydigan iqtiboslar uchun jazolanishi mumkin.
  • Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi Rossiya armiyasi qismlari Kiyev va Chernigov oblastlarini to‘liq tark etganini ma’lum qildi.
  • Buyuk Britaniya TIV rahbari Liz Trass The Telegraph nashridagi maqolasida Rossiya va NATO o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi ta’sis akti endi ahamiyatini yo‘qotgani, «uning davri o‘tgani» haqida yozdi.
  • 7 aprel kuni BMT Bosh assambleyasi Rossiyani Inson huquqlari bo‘yicha kengashdan chiqarish masalasini ko‘rib chiqadi. RF kengashdan chiqarib yuborilishi uchun Bosh assambleyaning 193 mamlakatdan iborat a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz berishi yetarli hisoblanadi.

Quyida 6 aprelning asosiy suratlari. 

Ukraina hududiy mudofaa jangchisi Chernigovda urib tushirilgan ruslarning Su-34 samolyoti qoldiqlarini tutib turibdi. 7 aprel kuni Pentagon bu shaharda birorta rossiyalik harbiy qolmaganini ma’lum qildi
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan «Ukraina» mehmonxonasi oldidan o‘tayotgan chernigovliklar. Shahar meri shaharning 70 foizi vayron bo‘lganini ma’lum qilgan
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Buchalik kishi o‘z uyi yaqinida. Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar okkupatsiya vaqtida uning qo‘lini sindirishgan
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
O‘g‘lini uydagi bog‘ga ko‘mgan buchalik ona qabr tepasida
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA
Odamlar telefonlarini quvvatlantirmoqda, Buchada elektr ta’minoti muammo
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA
Buchada halok bo‘lganlarni sanayotgan erkak. Dafn idorasi mart oyida Buchada 340 kishini dafn qilgan. Shuningdek, odamlar birodarlik mozorlariga va uylar hovlilariga ham ko‘milgan
Chris McGrath / Getty Images
Gostomelda vayron bo‘lgan uy. Gostomel 35 kun davomida rossiyalik harbiylar nazoratida bo‘lgan. Ruslar hozir shaharni tark etgan
Alexey Furman / Getty Images
Snaryadlar o‘rtasida o‘tirgan mushuk. Snaryadlarning bir qismini chekinayotgan rossiyalik harbiylar qoldirishgan, bir qismini yakson etilgan texnikalardan chiqarib olshgan. Andreyevka qishlog‘i, Berdyanskiy rayoni
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Uyini yo‘qotgan ukrainlar Zaporojyedagi qochqinlarni qabul qilish markaziga ketmoqda
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Maktab o‘quvchilari ukrainalik askarlarning harbiy anjomlariga pul yig‘ish uchun o‘z o‘yinchoqlarini sotuvga qo‘yishgan. Odessa
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain askari onasi uning tobuti ustida. Lvovdagi Lichakovskoye qabristoni
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Bolalar qum to‘ldirilgan qoplarga qarashmoqda, bu qoplar bilan bolalar bog‘chasidagi oynalar to‘silgan. Lvov
Joe Raedle / Getty Images
Severodonetsk artilleriya zarbalaridan keyin. Lugansk shimoli-g‘arbidagi bu shahar ukrainalik harbiylar nazoratida
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiylarning aviazarbasiga uchragan uydagi oilaviy surat. Borodyanka, Kiyev oblasti. Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova ozod etilgan Borodyankadagi vaziyat Buchadagidan ham yomonroq bo‘lishi mumkinligini aytgan
Matthew Hatcher / SOPA Images / Scanpix / LETA
Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top