12:00 / 07.04.2022
13004
MebelExpo Uzbekistan 2022 kelasi hafta o‘z ishini boshlaydi!
Foto: MebelExpo Uzbekistan

O‘zbekiston mebel va yog‘ochga ishlov berish sanoati yetakchi xalqaro ko‘rgazmasi 13–15 aprel kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” MKKning 3- va 4-pavilonlarida o‘zining 18-ekspozitsiyasini ochadi.

35 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik iste’mol bozori hisoblanadi. Mamlakatimiz mebel va yog‘ochga ishlov berish sanoati iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan bo‘lib, sohada asosan kichik va o‘rta biznes sub’yektlari faoliyat yuritadi.

Oxirgi 18 yil davomida MebelExpo Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasi sohaning asosiy ko‘rgazmasi va mamlakatimiz mebel sanoati salohiyati rivojlanishida katta ahamiyatga ega tadbir bo‘lib kelmoqda. Ko‘rgazma mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga yog‘ochga ishlov berish sohasidagi zamonaviy texnologiyalar va butlovchi qismlarga ega bo‘lish, iste’molchilarga esa yuqori sifatli mebel mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatini yaratadi.

Joriy yilda MebelExpo Uzbekistan ko‘rgazmasida dunyoning 12 davlatidan (Avstriya, Germaniya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Sloveniya, Turkiya, O‘zbekiston, Shveytsariya) 70 dan ortiq kompaniya o‘z ishtirok etishini tasdiqladi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun https://bit.ly/Mebel_Kun veb-saytida ro‘yxatdan o‘ting.

MebelExpo Uzbekistan ko‘rgazmasida mebel ishlab chiqarish uchun hamma jihoz va uskuna, ya’ni yog‘ochga ishlov berish va lazerli dastgohlar, asboblar, yelimlar, laklar, bo‘yoqlar, taxta mahsulotlari, mebel komponentlari va aksessuarlari, pol qoplamalari, sun’iy teri, mebel plombalari, stol usti uchun plastmassa va boshqalarni topa olasiz.

Ishlab chiqarish uskunalaridan tashqari, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan uy va ofis uchun tayyor mebellar, shuningdek, matras va uyqu uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning keng assortimenti ko‘rgazmada namoyish etilmoqda.

Texnologik yangiliklar, yog‘ochga ishlov berish uskunalari va asboblari ARHAR ENGINEERING (Sloveniya), SCM GROUP (Italiya), FELDER KG (Avstriya), LEUCO (Germaniya) kabi soha yetakchilari tomonidan taqdim etiladi. Mebel jihozlari va xomashyo sektori JULIUS BLUM (Avstriya), ATTIMEC (Italiya), MESAN (Turkiya), DÉCOR PROFI (Qirg‘iziston), BOYARD (Rossiya), POUYA SILK ROAD (Eron), ZRK GROUP (Pokiston), WOODMAN GROUP, EGIDA SIMAKS (O‘zbekiston) va boshqa kompaniyalar tomonidan taqdim etiladi.

Ko‘rgazmada mebel kimyosi sohasi keng namoyish etilmoqda. Ishtirokchilar orasida HELIOS GROUP (Sloveniya), KAYALAR KIMYA, BETEK BOYA, POLCHEM, ESKIM KIMYA, DOGU KIMYA, ADALAR KIMYA (Turkiya), TECHNOCOLOR (Rossiya) kompaniyalarini aytib o‘tishimiz joiz.

Tayyor mebel mahsulotlari iste’molchilar uchun eng qiziqarli va talab qilinadigan sektor hisoblanadi. Joriy yilda u LYuBIMYY DOM, NAYDI, ROMAK, MAMADOMA, ROBIN VUD, MODeRN MeBeL, KOMFORT-S, AKVILON (Rossiya), BINKeT GRUPP, ZIYNAT MAX, AIKO (O‘zbekiston) va boshqa brendlar taqdim etgan so‘nggi mavsum yangiliklari va mebel tendensiyalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Shuningdek, Rossiyadagi eng yirik ortopedik matraslar va uyqu mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ASKONA kompaniyasi yangi mahsulotlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Doimiy eksponentlar tajribasiga ko‘ra, MebelExpo Uzbekistan ko‘rgazmasi O‘zbekiston mebel ishlab chiqaruvchilari va yangi istiqbolli bozorga chiqish istagida bo‘lgan xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun asosiy voqea hisoblanadi.

Tadbirni tashkil etuvchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori  ICA Eurasia kompaniyasi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:

Tel. 71 205 14 14

Ko‘rgazma veb-sayti: http://www.mebelexpo.uz/

Reklama huquqi asosida

Top