Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining XXVII sessiyasida Qoraqalpog‘iston sudi raisi tayinlandi.
Ushbu lavozimga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi taklifi bilan Kamal Tarixov tayinlangan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning 13 fevralidan shu vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston sudi raisi lavozimida Gulnara Bazarbayeva ishlab kelayotgandi. Gulnara Bazarbayeva o‘tgan yili 5 yillik muddatga saylangandi. U nima sababdan egallab turgan lavozimidan ketgani haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.
Bundan oldin Qoraqalpog‘istonda ichki ishlar vaziri, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri tayinlangandi.