20:55 / 07.04.2022
8731
Shveytsariya Rossiyaning 8 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatdi

Rossiyaning Shveytsariyadagi aktivlari 150–200 mlrd shveysar frankini tashkil etadi.

Shveytsariya Rossiyaning 7,5 mlrd shveysar frankiga (8 mlrd dollar) teng miqdordagi aktivlarini muzlatdi. Bu haqda Shveytsariya iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati vakili Ervin Bollinjyerga tayanib Bloomberg xabar berdi. 

Mart oxirlarida Shveytsariyada Rossiyaning 5,75 mlrd franklik aktivlari muzlatilgani xabar qilingandi. Ular bank hisobraqamlari, ko‘chmas mulk va san’at asarlarini o‘z ichiga oladi.  

Shu bilan birga, SECO aktivlar musodara qilinmagani, balki egalarida qolishini bildirgan.  

Bollinjyerning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Shveytsariyadagi aktivlari 150–200 mlrd shveysar frankini tashkil etadi. Uning aytishicha, 900 nafarga yaqin rossiyalik sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan, ammo «ularning ozchiligi» Shveytsariyada ko‘chmas mulkka ega.  

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top