02:03 / 07.04.2022
22866

YeChL. «Real» Benzemaning het-trigi evaziga Londonda «Chelsi»ni mag‘lub etdi, «Bavariya» «Vilyarreal»ga yutqazib qo‘ydi

Foto: Reuters

Yevropa Chempionlar Ligasida 1/4 finalning birinchi o‘yinlari yakunlandi. 

Markaziy bahsda «Real» Londonda turnirning amaldagi g‘olibi «Chelsi» ustidan  Karim Benzemaning het-trigi evaziga g‘alaba qozondi. Yagona javob to‘pi Kay Haverts hisobiga yozildi.

«Bavariya» esa kutilmaganda safarda «Vilyarreal»ga yutqazib qo‘ydi. Danjumaning goli Emeri jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

Javob o‘yinlari 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 

YeChL. 1/4 final
Birinchi o‘yinlar. 6 aprel

Chelsi — Real 1:3
Gollar:
Haverts (40) — Benzema (21, 24, 46).
Chelsi – Mendi, Jyeyms, Silva, Ryudiger, Kristensen (Kovachich, 46), Aspilikueta, Jorjino (Loftus-Chik, 64), Kante (Ziyosh, 46), Pulishich (Lukaku, 64), Maunt, Haverts. 
Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao (Nacho, 64), Mendi, Modrich, Kroos (Kamavinga, 74), Kazemiro, Valverde (Sebalos, 86), Benzema (Beyl, 86), Vinisius Junior.
Ogohlantirishlar: Militao (14), Ryudiger (19).

Vilyarreal — Bavariya 1:0
Gol:
Danjuma (8).
Vilyarreal – Ruli, Foyt (Ore, 81), Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Lo Chelso, Koklen (Pedrasa, 59), Kapu, Parexo, X.Moreno, Danjuma (Chukvueze, 81). 
Bavariya – Noyyer, Pavar (Zyule, 71), Ernandes, Upamekano, Devis, Gnabri (Sane, 62), Kimmix, Musiala, Myuller (Goretska 62, Roka 90+5), Levandovski, Koman.
Ogohlantirish: Estupinyan (74).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top