07:33 / 08.04.2022
4189

O‘zbekiston H&M, Zara va Falke kabi brendlar bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston aprel oyida Germaniya, Ispaniya, Koreya, Xitoy va Bangladeshga delegatsiyalar yuborishi kutilmoqda. Unda H&M, Zara (Inditex), C&A, Falke kabi yirik brendlar bilan muzokaralar o‘tkazish belgilangan. 

Foto: Getty Images

AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari Shahzoda Qo‘chqorovaning ma’lum qilishicha, 2022 yilda 4,3 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

“Yevroittifoq bozoriga kirish uchun 27 ta xalqaro konvensiyalar ratifikatsiya qilindi va GSP+ preferensiyalar tizimi o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga bojsiz kirish imkonini berdi”, deyiladi ma’lumotda.

Ta’kidlanishicha, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ko‘magida uyushma shtabi tashkil etilgan. 2022 yilning yanvar-mart oylarida 384 ta korxonaga 796 mlrd so‘mlik qo‘shimcha qiymat solig‘i mablag‘lari qaytarib berilgan. 

Mavzuga oid
Top