19:57 / 08.04.2022
20627

Sberbank xorijga valuta jo‘natmalarini to‘xtatdi

Sberbank chet davlatlarga xorij valutasidagi jo‘natmalarni amalga oshirishni to‘xtatdi.

Foto: TASS

Bank vakilining so‘zlariga ko‘ra, xorij banklaridagi korrespondentlik hisob raqamlari bilan valuta operatsiyalari o‘tkazishga nisbatan sanksiyaviy cheklovlarning kuchga kirishi ushbu qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lgan.

«6 apreldan boshlab rasmiylashtirilgan jo‘natmalar mijoz hisobiga to‘liq qaytariladi. Xorijga rubldagi pul jo‘natmalarini odatdagi rejimda cheklovlarsiz amalga oshirish mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u. 

Shuningdek, mobil ilova orqali yaqin xorij mamlakatlari: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Dnestrbo‘yiga rubldagi jo‘natmalarni amalga oshirish imkoniyati saqlanib qolgan.

Top