16:49 / 08.04.2022
12971
Slovakiya Ukrainaga S-300 zenit-raketa majmuasini berdi - OAV 

Zenit-raketa majmuasi Ukrainaga ikki kun davomida o‘ta maxfiy holatda yetkazilgan. 

Foto: Picture Alliance

Slovakiya Ukrainaga S-300 zenit-raketa majmuasini jo‘natdi, deb xabar berdi TV NOVINY.sk nashri. 

Xabarda aytilishicha, majmua Ukrainaga ikki kun davomida o‘ta maxfiy holatda yetkazilgan.  

Mazkur ma’lumotni mamlakat bosh vaziri Eduard Heger tasdiqladi. 

"Bu Slovakiyaning Ukrainadagi nizoga qo‘shilganini anglatmaydi. Slovakiya mudofaasi ta’minlangan va yaqin kunlarda ittifoqchilarimizning qo‘shimcha raketaga qarshi mudofaa tizimlari bilan kuchaytiriladi», — dedi u. 

Avvalroq Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad respublika munosib himoya tizimiga ega bo‘lmasdan turib Ukrainaga S-300 majmuasini bera olmasligini aytgandi.  

TV Noviny.sk nashrining yozishicha, sovet davrida ishlab chiqarilgan ushbu majmua Praga havo hududi xavfsizligini ta’minlagan. 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top