14:28 / 08.04.2022
10465

Yevrokomissiya rahbari Kiyevga poyezdda yo‘l oldi 

Ursula fon der Lyayyen Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi rejalashtirilgan. 

Foto: twitter.com/Ursula von der Leyen

Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen poyezdda Polshaning Pshemisl shahridan Kiyevga jo‘nab ketdi. 

Xabar qilinishicha, fon der Lyayyen Kiyevga YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel, Slovakiya bosh vaziri  Eduard Heger va qator yevroparlamentariylardan iborat delegatsiya tarkibida tashrif buyuradi. 

U Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi rejalashtirilgan. 

Mart o‘rtalarida Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansh, Polsha va Chexiya hukumatlari rahbarlari Mateush Moravetskiy va Petr Fiala Kiyevda Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazgandi. 

Ular o‘shanda G‘arbning boshqa yetakchilarini ham Kiyevga tashrif buyurishga chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top