08:44 / 09.04.2022
4625
Namangan va Olmaota o‘rtasida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi 

Qozog‘istonning «SCAT Airlines» aviakompaniyasi Namangan va Olmaota o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda «Uzbekistan Airpors». 

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, 8 aprel kuni «Namangan» xalqaro aeroportiga Qozog‘istonning «SCAT Airlines» aviakompaniyasi samolyoti qo‘ndi. 

«Olmaota shahridan uchib kelgan Boeing-737 samolyoti an’anaga ko‘ra, aeroportda tantanali ravishda kutib olindi. Shu kuni soat 02:30 da Namangandan 170 nafar yo‘lovchi Olmaota shahriga uchib ketdi», deyiladi ma’lumotda.

Ta’kidlanishicha, Olmaota – Namangan – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar muntazam ravishda bajariladi. Parvozlar chorshanba va juma kunlari, haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.

Top