17:43 / 09.04.2022
16506

O‘rta Chirchiq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Tuman hokimi sog‘ligi yomonlashgani uchun vazifasidan ozod qilingan.

Ixtiyor Qosimov / Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilgan.

O‘rta Chirchiq tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan Olimjon Nurmatov sog‘ligi yomonlashgani tufayli vazifasidan ozod etilgan.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ixtiyor Qosimov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

I.Qosimov 1986 yilda Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Prezident boshqaruv Akademiyasini tamomlagan.

Top