08:30 / 09.04.2022
4071
«Uzbekistan Airways» Termiz va Sankt-Peterburg o‘rtasida muntazam qatnovlarni tiklamoqda 

2022 yil 5 maydan boshlab «Uzbekistan Airways» Termiz – Sankt-Peterburg – Termiz xalqaro yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklamoqda. 

Foto: Kun.uz

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Termizdan uchish - 08:55 (Toshkent vaqti bilan), Sankt-Peterburgga yetib borish - 12:20 (Moskva vaqti bilan), Sankt-Peterburgdan uchish - 13:50 (Moskva vaqti bilan), Termizga yetib kelish - 21:00 da (Toshkent vaqti bilan).

Termiz – Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1 961 814 so‘mdan (bagajsiz) va 2 160 354 so‘mdan (bagaj bilan), Termiz – Sankt-Peterburg – Termiz yo‘nalishi bo‘yicha esa 3 698 660 so‘mdan (bagajsiz) va 4 095 738 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Top