07:25 / 09.04.2022
5041

Yashash guvohnomasi bo‘lmagan xorijliklarga yangi ko‘chmas mulkni sotib olishga ruxsat berildi

Foto: Shutterstock

Prezident “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

2022 yil 1 maydan boshlab ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi ko‘chmas mulk obektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berildi:

  • Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000 AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obektlarida qiymati 180 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk obektlari;
  • boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obektlarida qiymati 85 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk obektlari.

Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan ko‘chmas mulk obektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tish va yashash guvohnomasini olish uchun asos bo‘lmaydi.

Top