14:24 / 10.04.2022
45380

Toshkentda 3 ming o‘rinli «Abu Saxiy» masjidi ochildi (fotogalereya)

 Toshkent shahridagi «Abu Saxiy» bozorining yonginasida Ramazon oyining ilk jumasida 3 ming o‘rinli yirik jome masjidi ochildi. Kun.uz ushbu masjiddan fotogalereya taqdim qiladi.

Joriy yil 8 aprel kuni, Juma namozi vaqtida bo‘lib o‘tgan «Abu Saxiy» masjidining rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov va boshqa rasmiylar qatnashdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari Abduqahhor Yunusov o‘z vazifasidan ajralmagan holda «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi.

Abduqahhor domla Yunusov, «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi

Masjid ichi juda keng bo‘lib, ikki qavat va yer ostki qismdan (podval) iborat.

35 metrli yirik gumbazni 8 ta ustunlar ushlab turadi. Masjid rasmiylarining aytishicha, 8 ta ustunlar jannatning 8 darvozasi ramzi sifatida qurilgan.

Masjid va gumbazning markazida 8,5 metr uzunlik va 8,5 metr kenglikdagi, og‘irligi 5 tonna bo‘lgan hashamatli qandil ilingan.

Masjidni tashqi tarafdan 2 ta 63 metrli minoralar bezab turibdi. «Minoralar uzunligi Payg‘ambarimiz alayhissalomning yoshlariga moslab 63 metrdan qilingan. Bu yerda har bir detalga ma’no berishga harakat qilganmiz», - deydi mas’ullar.

Tahoratxona va masjidning pastki qavatlari ham go‘zal did bilan bezatilgan.

Shuningdek, masjidning pastki qismida ayollar uchun ham alohida namozxona va tahoratxona ishga tushirilgan.

Masjid qurilishida qatnashgan mas’ullar. Chapdan: bosh injyener Kamoliddin Abdusamatov, texnik ko‘rik bo‘yicha bosh mutaxassis Mavlon Yaqinjonov,
qurilish hududi boshlig‘i Olimjon Zayetov, bosh koordinator Odiljon Erniyozov.

Masjidning tashqarisida ham ichki hovlisida ham chiroyli favvoralar qurilgan.

Masjidning tungi ko‘rinishi

Mas’ullar shuningdek, masjid qurilishida ishlatilgan asosiy materiallar va gilamlar asosan Turkiyadan olib kelinganini ma’lum qildi.

Farrux Absattarov, Kun.uz muxbiri
Rasmlar muallifi: Muhammadjon G‘aniyev

Top