16:00 / 11.04.2022
10991
Avstriya kansleri Putin bilan Ukraina bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga keldi

Yopiq shaklda o‘tkaziladigan muzokarada Ukraina mavzusi muhokama qilinadi. 

Foto: AFP

Avstriya kansleri Karl Nehammer Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga keldi.

Xabar qilinishicha, muzokara yopiq shaklda o‘tkaziladi, unda Ukraina muhokama qilinadi. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuv yopiq shaklda o‘tkazilishini Avstriya tomoni taklif qilganini aytdi.

«Suhbat Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha bo‘ladi»,— dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «gaz masalasi» ham muhokama qilinishi mumkin.

Avstriya tashqi ishlar vaziri  Aleksander Shallenberg ikki davlat rahbarlari uchrashuviga jurnalistlar qo‘yilmasligini tasdiqladi.

«Yuzma-yuz suhbat bo‘ladi, hech qanday OAV bo‘lmaydi va suhbatdan so‘ng matbuot bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazilmaydi»,— dedi u. 

Top