18:07 / 11.04.2022
11457
Germaniya konserni Ukrainaga tanklar yetkazib berishga tayyorligini bildirdi

Tanklar Ukrainaga jo‘natilishi uchun Germaniya hukumatining roziligi talab qilinadi.

Foto: Getty Images

Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Ukrainaga ilgari foydalanilgan Leopard 1 tanklarini yetkazib berishga tayyor. Bu haqda konsern boshqaruvi raisi Armin Papperger ma’lum qildi

"Dastlabki Leopard 1 olti hafta ichida yetkazib berilishi mumkin", - dedi u. 

Tanklar Ukrainaga jo‘natilishi uchun Germaniya hukumatining roziligi talab qilinadi. 

Pappergerning so‘zlariga ko‘ra, Rheinmetall Ukrainaga boshqa mamlakatlar armiyalarining eski zaxiralaridan 50tagacha Leopard 1 tanklarini yetkazib berishi mumkin. Hozirda tanklarning texnik holati baholanmoqda. 

Konsern rahbarining aytishicha, ukrain harbiylari ushbu texnikadan foydalanishni bir necha kun ichida o‘rganib olishi mumkin.

Mavzuga oid
Top