14:46 / 11.04.2022
16121
IT-mutaxassislar O‘zbekistonni tanlamoqda - Euronews

O‘zbekistonda IT-kompaniyalar va ushbu soha mutaxassislarini qabul qilish bo‘yicha davlat darajasidagi choralar qabul qilindi.

Foto: Yevgeniy Sorochin/AFP

Oxirgi bir yarim oy ichida ayrim sobiq ittifoq respublikalari, xususan, rossiyalik ko‘plab IT-mutaxassislari O‘zbekistonga ko‘chib kelishni ma’qul ko‘rmoqda, deb xabar berdi Euronews

– Aslida Toshkentdagi hayot biz kutganimizdan ham ko‘ra yaxshiroq ekan, – deydi IT Park xodimi Anastasiya Markova. – Bu mamlakat bizni o‘zinikilardek qabul qildi. Judayam mehmondo‘st xalq.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda IT-kompaniyalar va ushbu soha mutaxassislarini qabul qilish bo‘yicha davlat darajasidagi choralar qabul qilindi.

– Bu yerga ko‘chib kelgan yuqori va o‘rta malakali mutaxassislar tufayli bizda mahalliy yosh mutaxassislar darajasini yuqori ko‘tarish imkoniyati paydo bo‘ldi, - deydi IT Park direktori o‘rinbosari Bahodir Ayupov. 

Avvalroq Belarusdan O‘zbekistonga kelgan IT-mutaxassislari dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashgandi.

Top