21:24 / 11.04.2022
10919
Navoiyda kuchli shamol ko‘p qavatli uyning tomini uchirib yubordi

Holat 11 aprel kuni tushga yaqin Konimex tumani markazida sodir bo‘lgan. Kuchli shamol ko‘p qavatli uyning o‘rnatilganiga 1 yil bo‘lgan tom qismini pastga olib tashlagan.

Uchib ketgan tom uy pastida turgan Spark mashinasini bosib qolgan. Ammo mashinaga jiddiy zarar yetmagan. Yog‘och va taxtalar uyga kirib-chiqish yo‘laklarini to‘sib qo‘ygan. Shuningdek, uy yaqinidan o‘tgan elektr tarmog‘ini ham uzib yuborgan.

Voqea guvohlarining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, holat sodir bo‘lganida uy atrofida hech kim bo‘lmagan, bolalarning aksariyati bog‘cha va maktabda bo‘lgan. To‘satdan kelgan kuchli shamol bir necha daqiqa ichida tomni pastga “tushirib qo‘ygan”. Holat oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Hozirda elektr tarmog‘ini tortish va tomni qayta o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.

Oldinroq «O‘zgidromet» 11 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha bo‘lishini, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

  

Top