09:59 / 11.04.2022
3899
Shuhrat Orifning «Shom tovushi» yangi kitobi taqdimoti o‘tkazildi

Yoshlar ishlari agentligining “Kitob olami” majmuasida shoir Shuhrat Orifning “Shom tovushi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. 

Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi bo‘lgan Shuhrat Orif 1997 yildan beri matbuotda chiqishlar qilib keladi. “Shom tovushi” shoirning ikkinchi kitobidir. Undan qatralar o‘rin olgan.

 

Taqdimotda so‘zga chiqqan Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, shoir Bobur Bobomurod va boshqalar Shuhrat Orifning ijodiy izlanishlari, “Shom tovushi” kitobi o‘ziga xos jihatlari, bugungi adabiy jarayonda yosh ijodkorlar ishtiroki bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. 

Shoirning ijodiy chiqishlar bilan matbuotda va ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Besh tashabbus” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlardagi ishtiroki e’tirof etildi. Shuhrat Orifning Shuhrat Daryo bilan hamkorlikdagi loyihasi – “Shuhratli manzillar” ijodiy uchrashuvlari hududlarda adabiyot va san’at targ‘ibotiga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.  

Taqdimot yakunida muallif Yozuvchilar uyushmasi homiyligida “Adabiyot” nashriyoti tomonidan chop etilgan yangi  kitobidan ishtirokchilarga tuhfa qildi.

Mavzuga oid
Top